Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya hukumati Turkiyani o‘z hududiga bostirib kirishda aybladi
Suriya tashqi ishlar vazirligi Turkiya armiyasining mamlakat shimoliga kirib kelishini qoralab chiqdi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Suriya TIV bayonotida aytilishicha, Suriyadagi har qanday aksilterror amaliyot rasmiy Damashq bilan kelishilgan holda o‘tkazilishi kerak. Ta'kidlanishicha, Anqaraning maqsadi IShIDni o‘rtadan olib tashlab, uning o‘rniga boshqa jangari tashkilotni qo‘yish hisoblanadi.
Bugun Turkiya tomonidan olib borilayotgan Suriya shimolidagi Jarablus viloyatini IShID jangarilaridan tozalash operatsiyasi doirasida turk maxsus bo‘linmalari Suriya hududiga kirdi.
Turkiya tanklari va samolyotlari Suriyadagi IShID marralariga 70 marta zarba berdi.
Turkiya Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilgan 2015 yil noyabridan beri birinchi marta Suriyadagi IShID marralariga zarba berish uchun harbiy samolyotlardan foydalangani bildirilmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025