Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron harbiy katerlari AQSh esminetsini quvib yetdi
Eron harbiy katerlari O‘rmuz bo‘g‘ozida Amerikaning Nitze raketa esminetsini quvib yetgan, deb xabar qilmoqda AQSh mudofaa vazirligi vakiliga tayangan holda TASS agentligi.
«Eronning tezyurar katerlari, jiddiy ogohlantirishlarga qaramay, Nitze esminetsiga xavfli masofada yaqinlashishga jur'at etishgan», — degan Pentagon vakili. Uning aytishicha, motorli qayiqlar 300 yardga (274 metr atrofida) yaqinlashishgan, shundan so‘ng eronlik harbiylar tezlikni oshirib, esminets yonidan ketishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Nitze va Amerikaning yana bitta raketa esminetsi Mason O‘rmuz bo‘g‘ozi orqali tranzit suzishini amalga oshirayotgan bo‘lgan. AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rasmiy vakili Kayl Reynsning ishontirishicha, ular halqaro suvlarda bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, Nitze 12 marta katerlar bilan radioaloqa o‘rnatishga muvaffaqiyatsiz uringan, uch marta halokat signalini bergan.
Pentagon ma'muriyati eronlik harbiy dengizchilarning hatti-harakatlarini «xavfli va malakasiz» deb baholagan hamda «xalqaro huquq va xalqaro dengiz qoidalariga mos kelmasligi»ni ta'kidlagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025