Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In AQSh hududini "qo‘llarida tutib turganini" aytdi
KXDR yetakchisi Kim Chen In suv osti kemasidan ballistik raketaning uchirilishi vaqtida aytganki, uning davlati "AQShning materikdagi qismini hamda Tinch okeani hududidagi harakatlanish hududlarini nazorat ostida tutib turibdi". Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilgan.
Kim Chen Inning e'tirof etishicha, raketa uchirilishi muvaffaqiyatli chiqdi. U bu sinovni "katta yutuq" deb atagan.
Shimoliy Koreya rahbari AQSh va uning tarafdorlarini "Koreya xalq armiyasining halokatli zarbasidan qochish uchun KXDR xavfsizligiga rahna soladigan xatti-harakatlardan voz kechish lozimligi" haqida ogohlantirdi.
Kim Chen In, shuningdek, mudofaa sanoatida ishlaydigan olimlar va texnologlarni yadroviy kallaklar tashuvchi vositalarni rivojlantirishga e'tibor qaratishga chaqirdi.
Chorshanba kuni tongida KXDR Xamgen-Namdo viloyatidagi Sinpxo port shahri yaqinida suv osti kemasidan ballistik raketa uchirdi. Raketa 500 kmlar chamasi uchib o‘tib, Yapon dengiziga tushgan.

Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025