Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik Olimpiada sovrindorlari oq rangli BMW avtomobillari bilan taqdirlanadi
Rio-de-Janeyro Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan barcha rossiyalik olimpiyachilar oq rangli BMW avtomobillari bilan mukofotlanadi.
Ayni vaqtda Olimpiada ramzlari tushirilgan avtomobillar Kreml binosi oldiga keltirilgan.


Kunning ikkinchi yarmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda olimpiyachilarni davlat mukofotlari bilan taqdirlaydi.
Aniqlik keltirilishicha, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilarga BMW X6, kumush medal egalariga BMW X4, bronza medal bilan qaytganlarga esa BMW X3 avtomobillari sovg‘a qilinadi.
Bundan tashqari, rossiyalik olimpiyachilarga pul mukofotlari ham beriladi: oltin medal uchun 4 mln rubl, kumush uchun 2,7 mln rubl va bronza uchun 1,7 mln rubl.
5-21 avgust kunlari davomida o‘tkazilgan Yozgi Olimpiadada 306ta medallar jamlanmasi o‘ynaldi. Rossiya olimpiya terma jamoasi Rio–2016 da jami 56ta medalni qo‘lga kiritdi (19ta oltin, 18ta kumush va 19ta bronza medal) va umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
"Interfaks" nashrining eslatishicha, 2012 yilgi Olimpiada chempionlari Mercedes va Audi avtomobillari bilan taqdirlanishgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
09:53 / 29.04.2025
Toshkentda BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi
20:59 / 26.03.2025