Sport | 11:47 / 25.08.2016
20443
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston boks termasi murabbiyi Rahmatjon Ro‘zioxunov faxriy unvon bilan mukofotlandi

Rio–2016 Olimpiadasida O‘zbekiston boks terma jamoasi bilan muvaffaqiyatga erishgan murabbiy Ro‘zioxunov Rahmatjon Tursunovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan mukofotlanadi. Bu haqda «O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida ma'lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Rio—2016 Olimpiadasida jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tarixda ilk marta dunyoda 21, Osiyoda 4, MDHda 2, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Rahmatjon Ro‘zioxunov bilan bir qatorda boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari Ahmedov Ma'rufjon Qodirovich, Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich, karate bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Arslonov Shuhrat Arslon o‘g‘li, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Izrailbekova Zarina Batirovna, O‘zbekiston mini-futbol assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Usmonov Jahongir Mirabrorovich, erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Hidoyatov Eshpo‘lat Erkinovich, Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori Yakubov Abdurauf Sattorovich «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» unvoni bilan mukofotlandi.

Mavzuga oid