Jamiyat | 14:22 / 26.08.2016
19737
1 daqiqa o‘qiladi
Bosniyalik juftlik o‘zining dafn marosimida ishtirok etdi
Bosniyada yashovchi juftlik o‘zining dafn marosimini oldindan tashkillashtirib, u yerga tashrif buyurdi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi.
61 yoshli Dragan va 65 yoshli Dragitsa Marichning izohlariga ko‘ra, ularning farzandi yo‘qligi bois dafn marosimini tashkillashtirishga qaror qilishgan. Shu bahona juftlik do‘stlari va qarindoshlari bilan ko‘rishib, o‘zining dafn marosimida vaqtni chog‘ o‘tkazishga umid qilishdi. Poyezdina qishlog‘ida tashkillashtirilgan marosimga taxminan 200 kishi tashrif buyurdi.
Marosimda Dragan uzoq yillar xotini bilan ahil yashaganini aytib, ta'sirli nutq so‘zladi. Shundan so‘ng yig‘ilganlar yaqin oradagi restoranga yo‘l olishdi, bu yerda ular tuni bilan xursandchilik qilishdi hamda raqsga tushishdi.