Xitoylik raqslari videosi internetga chiqib ketmasligi uchun uni izdan chiqarmoqchi bo‘ldi
Xitoyda politsiya internet-provayderlar qurilmalarini vayron qilgan kishini hibsga oldi. Erkak o‘zi raqsga tushgan surat va videolarning internetga chiqib ketmasligi uchun shunday qilishga qaror qilgan.
Shandun viloyatida yashovchi Lyu ismli xitoylik maydonda jamoaviy raqslarda ishtirok etgan. Tadbir vaqtida u yo‘lovchilar uning ustidan kulib, uni suratga olayotganlarini payqab qolgan. Yo‘lovchilarning kulgusini qistatgan narsa shu bo‘lganki, Xitoyda maydonlarda jamoaviy raqsga tushishlar keksa yoshdagi ayollar orasida ommalashgan, Lyu bo‘lsa shunday ayollar orasida raqsga tushgan.
Keyinroq Lyu u tasvirlangan foto va videolar mazah sifatida internetga yuklanishi mumkinligidan xavotirlana boshlagan. Erkak fotolarning tarqalishining oldini olish maqsadida butun internetni izdan chiqarmoqchi bo‘lgan.
Iyun oxirida u optik tolali aloqa liniyalarini birin-ketin yo‘q qila boshlagan. Uning xatti-harakatidan yetkazilgan ziyon 15 ming dollarni tashkil qilgan.
Shundan keyin Xitoy politsiyasi buzg‘unchini ushlash maqsadida internet-provayderlar qurilmalari yonida patrul qo‘ygan. 19 avgustda erkakni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lingan.
Natijada Lyuning xavotirlari beo‘rin bo‘lgan. Internetda u raqs tushayotgani foto va videolari paydo bo‘lmagan.
Xitoyda maydonlarda jamoaviy raqsga tushishlar xitoyliklar uchun arzon hordiq chiqarish va oddiy jismoniy harakatlarning o‘rnini bosuvchi usul hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston eksportida Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi
15:51 / 24.04.2023
O‘zbekiston Xitoydan 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi
13:48 / 23.04.2023
Xitoyning Fransiyadagi elchisi Qrim statusi va sobiq SSSR davlatlari suverenitetini shubha ostiga oldi
11:25 / 21.04.2023