Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon tugatmoqchi ekanligini ma'lum qildi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini 41 yoshida Madridning "Real" klubida yakunlamoqchi ekanligini e'lon qildi. Yaqin orada hujumchi madridliklar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi.
"Real" bilan shartnomamni uzaytirmoqchiman. Men dunyodagi eng yaxshi klubda o‘ynamoqdaman va faoliyatimni 41 yoshimda shu yerda yakunlamoqchiman", deb aytdi Ronaldu.
Portugaliyalik uning hozirdagi asosiy vazifalari orasida Ispaniya chempionati va kubogi hamda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish borligini ta'kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, futbolchi Rossiyada o‘tadigan 2018 yilgi jahon chempionatida o‘z terma jamoasiga yordam bermoqchi.
"Bu yil unutilmas bo‘ldi. Yevropaning eng yaxshi o‘yinchisi uchun sovg‘a – ajoyib mavsumga yakun yasovchi muhim unvondir. "Real" va terma jamoa bo‘yicha sheriklarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman", deb o‘z so‘zlarini yakunladi Ronaldu.
Mavzuga oid
23:46 / 18.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
23:33 / 16.09.2024
Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi. YeI mamlakatga o‘t o‘chiruvchi samolyotlarni yubormoqda
10:49 / 13.09.2024