Jahon | 23:33 / 28.08.2016
7897
1 daqiqa o‘qiladi

Tergov Moskvada yonib ketgan bosmaxona egasini topa olmayapti

Rossiya tergov idoralari Moskvadagi Altufev ko‘chasida 27 avgustda yonib ketgan ""Pechatnyy ekspress" bosmaxonasi egasini topa olmayapti. Bosmaxona hujjatlarga ko‘ra Sergey Vasilevich Moskvin ismli tadbirkorga tegishli. Tadbirkor sanoat hududida joylashgan bosmaxona binosini 2012 yildan beri ijaraga olib kelgan.

17 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘indan keyin bosmaxona telefonlari o‘chirilib, uning saytiga kirib bo‘lmayapti. Moskvin va uning yordamchilari bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmagan.

27 avgust ertalabki vaqt Moskvaning shimolida bosmaxona yonib ketgandi. Voqea oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan. Ulardan ko‘pchiligini qirg‘izistonlik ayollar tashkil qilgan. Yana 3 kishi jarohat olgan.

Voqea yuzasidan "Yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bosmaxona egalari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishlari mumkin.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid