Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya Singapurda Zika virusi aniqlangani sababli chegaradagi nazoratni kuchaytirdi
Malayziya hukumati 41 ta Zika virusi yuqishi holati tasdiqlangan Singapur bilan quruqlikdagi chegarada sanitar-epidemiologik nazoratni kuchaytirishga buyruq berdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar bermoqda.
"Chegara punktlarida maxsus brigadalar navbatchilik qiladi, yuqori haroratni aniqlovchi maxsus texnika o‘rnatildi", deb aytdi Malayziya bosh shifokori Hisham Abdulloh. Uning aytishicha, "mamlakat aeroportlarida Singapurdan kelayotganlar ham alohida nazorat qilinmoqda".
Bundan tashqari, mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Xilmi Yaxaya yaqinda qo‘shni davlatda bo‘lib qaytgan va o‘zini yomon his qilayotgan, yuqori harorati bor mamlakat aholisini zudlik bilan shifokorlarga uchrashishga chaqirdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi quruqlikdagi chegarani har kuni 300 mingga yaqin odam kesib o‘tadi. Ko‘plab malayziyaliklar har kuni Singapurga ishlagani keladilar, farzandlarini o‘qishga olib keladilar.
Singapur hukumati 27 avgustda mamlakat ichida Zika virusining birinchi yuqishi holati haqida xabar bergan, keyingi kun – 28 avgustda esa 41 ta bunday holat yuz bergani qayd qilingan. Bu orada kasallanganlardan 34 nafari to‘liq sog‘ayib ketgan.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025