Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada ishsizlik darajasi keskin pasaydi
Yaponiyada 2016-yil iyul oyidagi ishsizlik darajasi 1995-yildagi eng quyi ko‘rsatkichga tushib, 3 foizni tashkil etgan. Mamlakat iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi keltirgan ma'lumotlar shundan dalolat bermoqda. Bir oy muqaddam bu raqam 3,1 foizlik ko‘rsatkichni namoyish etgandi.
Mamlakatdagi chakana savdo hajmi iyun oyidagi 0,3 foizlik o‘sishga nisbatan 1,4 foizga ko‘tarilgan.
Shu bilan birga, so‘nggi besh oyda pasayish sur'atlari eng zaifi bo‘lgan. Yapon iste'molchilari, global iqtisodiyot istiqbollarida noaniqlik hukm surayotgani va maoshlar sekinroq ko‘tarilayotganiga qaramay, xarajatlarida tejamkorlik qilishmayapti, deb yozadi MarketWatch.
Yaponiyaning yirik chakana savdo kompaniyalarining savdosi so‘nggi 5 oyda ilk bor 0,6 foizga o‘sgan.
Umuman, mamlakatda iste'mol xarajatlari pasayish sur'atlari iyun oyidagi 2,3 foizga nisbatan 0,5 foizga sekinlashgan.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025