Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Assanj: WikiLeaks kuniga taxminan uch ming hujjatni ko‘rib chiqadi
WikiLeaks xalqaro notijorat tashkiloti bir kunda taxminan 3 ming hujjatni ko‘rib chiqishning uddasidan chiqadi. Bu haqida Amerikaning The New York Times gazetasi tomonidan tashkillashtirilgan videoko‘prikda ushbu tashkilot asoschisi avstraliyalik Julian Assanj ma'lum qildi.
“WikiLeaks bir kunda o‘rtacha 3 ming hujjatni ko‘rib chiqadi”, - deya xabar berdi Assanj. Videoko‘prik vaqtida u Ekvadorning Londondagi elchixonasi binosida bo‘lgan, u 4 yildan ortiq vaqt davomida shu yerda yashirinib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, WikiLeaks o‘z faoliyati davomida 10 milliondan ortiq hujjatni ko‘rib chiqqan.
Assanjaning ta'kidlashicha, uning tashkiloti har bir chop etilayotgan materialni yaxshilab tekshiradi, bunda tashkilotga “154 nafar huquqiy masalalar bo‘yicha huquqshunos va maslahatchi hamda taxminan yana shuncha jurnalistlar yordam beradi”. Assanjning so‘zlariga ko‘ra, WikiLeaks’ning yarim harakatlari hujjatli maqolalarni nashrdan chiqarishda mazkur tashkilotning huquqini himoya qilishga ketadi.
Assanj WikiLeaks’ning maqolalari siyosatchilar va razvedka agentliklari rahbarlarining iste'fosiga sabab bo‘lganini tan oladi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy odamlar o‘zilarini bu tashkilot fosh qilgan ma'lumotlar qurboni, deb hisoblashmaydi. “Biz hech kimning hayotiga xakerlik hujumi uyushtirmaymiz, biz bor-yo‘g‘i odamlarni bizga haqqoniy va rasmiy ma'lumot yuborishga ilhomlantiramiz”, - deya ta'kidladi WikiLeaks asoschisi.
Teglar:
Mavzuga oid
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
20:06 / 30.04.2025
Rossiya va KXDR o‘rtasida avtomobil ko‘prigini qurish boshlandi
21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi
15:30 / 26.01.2025