Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi
Ko‘prik tegishli tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanish choralari ko‘rilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIBB
8 mart kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan D022 «Nurafshon — Oqqo‘rg‘on — Yangiyo‘l» avtomobil yo‘lining 58 kilometrida joylashgan ko‘prikning bir qismi o‘pirilib tushdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisada hech kim jabrlanmagan.
Ko‘prik tegishli tashkilotlar va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, harakat ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanish choralari ko‘rilgan.
Ko‘prikning qachon ta’mirlanishi haqida xabar berilmadi.
Mavzuga oid

22:36 / 14.05.2025
Toshkent shahri va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytiriladi

20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi

16:42 / 14.05.2025
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi

21:59 / 13.05.2025