Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft kompaniyasi Saudiya Arabistoni xalqidan uzr so‘radi
Microsoft’ning avtomatik tarjima qiluvchi ilovasida yo‘l qo‘yilgan xato Saudiya Arabistoni davlat amaldorlarining g‘azabini qo‘zg‘atdi, ijtimoiy tarmoqlarda esa kompaniya mahsulotlarini umummilliy rad etishga chorlandi.
Gap shundaki, Microsoft kompaniyasiga qarashli Bing tarjimoni IShIDning arabcha nomi(داعش)ni ingliz tilida Saudiya Arabistoni (Saudi Arabia) deya ko‘rsatgan.
Xatolik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan tezda aniqlandi, ular bunday noto‘g‘ri tarjima uchun Microsoft kompaniyasining barcha mahsulotlariga nisbatan boykot e'lon qilishga chaqirishdi.
Saudiya Arabistonida Microsoft kompaniyasi manfaatlarini himoya qiluvchi Mamduh Najar bunday xatolik uchun uzr so‘radi: “Men kompaniya xodimi sifatida Saudiya Arabistonining buyuk xalqi oldida qasddan qilinmagan xato uchun uzr so‘rayman”, - deb yozdi Najar o‘zining tvitterida.
Avtomatik tarjimon xatosini Najar servis uchun tarjima tanlovi mexanizmining ishdan chiqqanligi bilan izohladi: Bing foydalanuvchiga birinchi navbatda kamida ming kishi tasdiqlagan tarjimalarni ko‘rsatadi, bu esa o‘z navbatida manipulyatsiya uchun imkoniyat yaratadi.
Najarning so‘zlariga ko‘ra, xato topilganidan so‘ng bir necha soat davomida to‘g‘irlangan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025