Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Ushbu tizim tezlik va aniqlik bo‘yicha an’anaviy meteorologiya markazlaridan ustun.

Foto: Unsplash
Microsoft kompaniyasi ob-havo sharoitlarini yuqori aniqlikda bashorat qilishga qodir Aurora nomli sun’iy intellektni taqdim etdi.
Fizik tenglamalarga asoslangan odatdagi modellardan farqli ravishda Aurora faqat arxiv ob-havo ma’lumotlari asosida o‘rgatilgan. Bunday usul orqali hisoblash tizimlariga ajratiladigan xarajatlar o‘n va hatto yuz baravar qisqartirilgan, shu bilan birga, prognoz aniqligi saqlab qolingan.
Qayd etilishicha, ayrim holatlarda model hatto xalqrao meteomarkazlarni ham ortda qoldirgan. Xususan, Aurora 10 kunlik bashoratlarni Yevropa o‘rta muddatli prognozlar markazi bilan taqqoslaganda 92 foizga aniqroq bajargan.
Aurora’ning eng muhim yutuqlaridan biri — 2023 yilgi barcha to‘fonlarni, jumladan, Filippinga yopirilgan «Doksuri» tayfunini aniq bashorat qilganidir. Rasmiy prognozlar to‘fonning Tayvanning shimoliga siljishini kutayotgan bir vaqtda, Aurora uning aniq yo‘nalishi va yopirilish vaqtini oldindan belgilagan. Pensilvaniyalik professor Paris Perdikarisning so‘zlariga ko‘ra, bu sun’iy intellekt amaldagi prognoz markazlaridan aniqroq ishlagan birinchi holat hisoblanadi.
Mutaxassislarning hisoblashicha, kelgusi o‘n yillikda sun’iy intellekt tizimlari sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va meteostansiyalar ko‘rsatkichlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalana boshlaydi. Bu istalgan nuqtada real vaqt rejimida aniq ob-havo prognozlarini tuzishga imkon beradi. Microsoft kompaniyasi Aurora’ning tijorat asosida joriy etilishi ob-havo monitoringiga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkinligiga ishonmoqda.
Mavzuga oid

18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi

20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

14:18 / 02.03.2025
Yangi “ajdarho jangchisi”, kosmosga turistik parvoz va “aqlli” g‘ilof - texnodayjest

16:31 / 28.02.2025