Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada mafioz urushining oldini olish maqsadida deyarli ming kishi hibsga olindi
Yaponiya hukumati yapon mafiyasi – yakudzaning ikki guruhi orasida urush chiqmasligi maqsadida 2016 yil martidan beri 976 kishini hibsga oldi. Bu haqda "Asaxi Simbun" nashri ma'lum qildi.
Yakudzaning eng katta "Yamaguti-gumi" guruhi va undan ajrab chiqqan "Kobe Yamaguti-gumi" guruhi a'zolari hibsga olingan.
"Guruhlar ajralgandan keyin politsiyachilar ularni to‘xtamasdan hibsga olmoqdalar", deb aytdi mafiozlardan biri gazetaga bergan intervyusida. Uning aytishicha, har bir hibsga olishlardan keyin mafiya advokatlarni yollashiga to‘g‘ri kelmoqda va bu uning moliyaviy ahvoliga putur yetkazmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, ikki guruh orasida muzokaralar bo‘lgan, biroq ular besamar tugagan: 31 may kuni "Kobe Yamaguti-gumi"ning, yarim oy o‘tib esa raqib guruh – "Yamaguti-gumi"ning yetakchilaridan biri o‘ldirilgan.
Politsiya reydlari sababli ikki guruh a'zolik badalini oshirishga majbur bo‘lgan: biror jinoiy to‘da boshlig‘i "Yamaguti-gumi"ning bir qismi deb atalishi uchun 4 ming dollar to‘lashi kerak. Raqib guruhda "narxlar" pastroq: mingdan 3 ming dollargacha.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025