Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G20 yuanning SDR savatchasiga qo‘shilishini olqishladi
Yirik davlatlardan iborat "yigirma"lik guruhi (G20) Xitoy milliy valyutasining SDR valyutalari savatiga qo‘shilganini olqishlaydi, deyiladi sammit yakuniga bag‘ishlangan kommyunike loyihasida.
"XVJ qaroriga muvofiq, 1 oktabrdan e'tiboran yuanning Qarz olish maxsus huquqi (SDR) savatchasiga qo‘shilishini olqishlaymiz ", — deya hujjat matnidan iqtibos keltiradi RIA Novosti.
SDR xalqaro zaxira aktivi bo‘lib, 1969 yilda XVJ tomonidan tashkil etilgan. Bu, a'zo mamlakatlar rasmiy zaxiralariga qo‘shimcha ravishda amaliyotga kiritilgan. SDR qiymati bugungi kunda to‘rtta asosiy valyuta: dollar, yevro, yapon iyenasi va funt sterlingga asoslangan. O‘tgan yilning noyabr oyida XVJ xitoy yuanini SDR savatiga qo‘shish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.
Mavzuga oid
09:10 / 20.11.2024
GFR kanslerining G20 sammiti yakuniy bayonotidan ko‘ngli to‘lmadi
11:38 / 19.11.2024
Riodagi G20 sammitida ocharchilikka qarshi ittifoq tuziladi
11:44 / 01.03.2024
G20 vazirlar uchrashuvi yakuniy bayonotsiz yakunlandi
10:43 / 06.12.2023