Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda birinchi marta yuz to‘qimalari ko‘chirib o‘tkazilgan fransiyalik ayol hayotdan ko‘z yumdi
Fransiyada dunyoda birinchi marta yuz to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini boshdan kechirgan Izabel Dinuar vafot etdi. Bu haqida Figaro nashri ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 43 yoshli Izabel labrador iti tishlab olganidan so‘ng yuz to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazishga majbur bo‘lgan. Operatsiya 2005 yilning noyabrida bo‘lib o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, 2016 yilning boshlarida ayolda to‘qimalarning ajralishi kuzatila boshlangan. Bu vaqtga kelib unga ikki xil turdagi saraton tashxisi qo‘yilgandi.
Izabel Dinuar transplantatsiyadan 11 yil o‘tib, joriy yilning yoz oyida hayotdan ko‘z yumdi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025