Jamiyat | 18:54 / 06.09.2016
25976
1 daqiqa o‘qiladi

Saratonga chalingan kelin to‘ydan 25 kun o‘tib hayot bilan vidolashdi

23 yoshli Vey Pin va 24 yoshli Bao Tao 5 yildan beri bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishgandi. Ular to‘yga tayyorlik davomida kutilmaganda Vey Pinda jigar saratonining so‘nggi bosqichi kechayotganidan xabar topishdi. Bu haqida China.org.cn ma'lum qildi. 

Sevgan qiziga jigar saratoni tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa-da, Bao Tao unga uylanishga qaror qildi. 5 avgust kuni Chanchun shahrida ushbu juftlikning tantanali to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi, bu voqea barchaning yodida saqlanib qoladigan bo‘ldi. 

To‘ydan 25 kun o‘tib, Vey Pin Bao Taoning quchog‘ida jimgina  hayotdan ko‘z yumdi. 

 

Mavzuga oid