Jamiyat | 18:26 / 06.09.2016
23821
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent - Andijon» temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yildi (Foto)

5 sentabr kuni "Toshkent — Andijon" elektrlashtirilgan temiryo‘li bo‘ylab yo‘lovchi poyezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Facebook tarmog‘ining "Potrebitel.uz" guruhida ma'lum qilindi

Manbaga ko‘ra, ertalab mahalliy vaqt bilan soat 8:05da Toshkentdan yo‘lga chiqqan poyezd 14:05da Andijonga yetib borgan. Yo‘lovchi poyezdi Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlarida to‘xtab o‘tgan. Shundan so‘ng soat 15:25da Andijondan Toshkentga qarab yo‘l olib, 21:25da yetib kelgan. Feysbuk foydalanuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, poyezdning tezligi soatiga 112 kilometrni ko‘rsatgan. 

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari poyezd salonlaridan suratlar bilan bo‘lishishgan. Ularda yo‘lovchilar uchun barcha sharoitlarning yaratilganligini ko‘rish mumkin. Yo‘lovchilar poyezdga tezkor va qulay, deya tavsif berishgan.

Poyezdda bo‘lish baxtiga ega bo‘lib ulgurgan tarmoq foydalanuvchilari sayohatdan mamnun ekanliklari hamda zamonaviy transport turidan yaxshi taassurotlar olishganini ma'lum qilishgan. 

Chiptalar narxi:
Ekonom klass - 45 ming so‘m
Biznes klass - 68 ming so‘m
VIP vagon — 130 ming so‘m

Mavzuga oid