Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram ilovadagi xaritalardan xalos bo‘lmoqda
Instagram fotoservisi ilovadan foydalanuvchining u yoki bu manzilda olingan kadrlari bo‘lgan xaritani olib tashlay boshladi. Bu haqida Mashable ma'lum qildi.
Ba'zi foydalanuvchilar o‘tgan haftadan buyon optsiyaning yo‘qligidan shikoyat qila boshlashdi. Yaqin orada o‘zgarishlar Instagram’ning barcha foydalanuvchilariga taalluqli bo‘ladi.
Servis xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya u qadar mashhur emasdi. Instagram ishlab chiqaruvchilari servisning boshqa, nisbatan ustuvor imkoniyatlariga diqqatni qaratishga qaror qilishdi.
Geoteglar o‘z holicha qoladi. Foydalanuvchilarda surat geolokatsiyasini belgilash, kichik xaritada shu yerning o‘zida olingan boshqa suratlarni ko‘rish imkoni saqlanib qoladi.
Mavzuga oid
16:39 / 12.04.2025
Instagram o‘smirlar uchun ba’zi cheklovlarni joriy qiladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
16:24 / 22.03.2025
Rossiyada Instagram’da reklama joylaganlar jarima to‘laydi
22:30 / 02.01.2025