Jahon | 18:43 / 07.09.2016
13664
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning «Antonov» samolyotsozlik kompaniyasi Rossiyaga tahdid qildi

Ukrainaning aviasozlik korxonasi «Antonov» prezidenti Aleksandr Kotsyubaning ogohlantirishicha, samolyotlarga servis xizmati ko‘rsatish bitimi bekor qilinsa, Rossiyaning An-124 samolyotlarining xorijga parvozini taqiqlab qo‘yadi. 

«Ukroboronprom» tarkibiga kiruvchi «Antonov» aviasozlik korxonasi Rossiyadagi An-124-100 «Ruslan» transport havo kemalari egalari, Ukraina ishlab chiqaruvchisining servis xizmatidan bosh tortadigan bo‘lsa, «Antonov» boshqaruvi mazkur havo laynerlarining xorijga parvozini taqiqlab qo‘yadi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda An-124-100 egalari «Ruslan» samolyotlariga texnik jihatdan xizmat ko‘rsatishni ularni ishlab chiqargan Ukraina kompaniyasi emas, balki «Ilyushin nomidagi aviatsiya majmuasi» OAJ bajarishi borasida «faol urinishlar»ni olib borayapti. 

«Ular bu kabi qoidalarni, qonunlarni o‘z mamlakatlarida xohlagancha o‘zgartirishi, tuzatishi mumkin. Ammo, masalaning boshqa tomoni ham bor. Biz, ishlab chiqaruvchi sifatida mazkur samolyotlarning RFdan tashqarida parvozini taqiqlab qo‘yishimiz mumkin», — degan Kotsyuba.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid