Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiya o‘yinlari. Disk uloqtirish. Husniddin Norbekov jahon rekordini qayd etib, chempion bo‘ldi
Rio-de-Janeyro shahrida boshlangan Paralimpiadaning ilk kunida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 3taga yetdi.
Yengil atletikaning disk uloqtirish bahslarida (F37) ishtirok etgan Husniddin Norbekov ilk urinishda diskni 54,46 metrga uloqtirib, o‘zining shaxsiy rekordini yangilagan bo‘lsa, ikkinchi urinishda 59,75 metr masofani qayd etib, jahon rekordini yangiladi.
Shu tariqa, u nafaqat paralimpiya o‘yinlari g‘olibligini qo‘lga kiritdi, balki ushbu yo‘nalishda jahon va olimpiya rekordlarini yangiladi.
Musobaqada 12 nafar sportchi ishtirok etdi. Dastlabki 3ta urinishdan keyin 4 nafar sportchi ishtirokini to‘xtatdi va 8 nafar sportchi 3 martadan urinishni amalga oshirishdi.
Kumush medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53,40 metr natijani qayd etdi. Bronza medal olgan xitoylik Xia Dong esa diskni 52,15 metr masofaga uloqtirgandi.
Mavzuga oid
00:48 / 06.09.2024
Husniddin Norbekov - 3 karra Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik sportchi
16:18 / 30.08.2024
Paralimpiya o‘yinlari. Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi
17:48 / 03.09.2021
Paralimpiya. Safiya Burxonova O‘zbekistonga yettinchi oltin medalni taqdim etdi
17:23 / 02.09.2021