Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 45 deputat saylovchilar ovozini sotib olishda ayblanib, mandatdan mahrum etildi
Butunxitoy xalq vakillari doimiy kengashi mamlakat shimoli-sharqidagi Lyaoin viloyatidan bo‘lgan 45 nafar deputatni mandantdan mahrum etdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kengash 45 deputat saylovchilarni sotib olish va poraxo‘rlikda ayblanib, mandatdan mahrum etilishi uchun ovoz bergan.
Bu ayblovlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishi haqida xabar qilinmagan.
Butunxitoy xalq vakillari kengashi (BXXVK) - Xitoyning oliy qonunchilik organi hisoblanadi. Bir palatali parlament hozirda 2987 deputatdan iborat. Parlament sessiyasi 1 yilda bir marta o‘tkaziladi. Deputatlar 5 yil muddatga, ko‘p bosqichli saylovlar orqali saylanadi. Hozirgi tarkibning ilk sessiyasi 2013 yilning 5 martida chaqirilgandi.
Mavzuga oid
11:18 / 23.03.2025
«Chunki puli tugaydi» - Alisher Qodirov saylovdan keyin partiyalar jim bo‘lib qolishi haqida
15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi
17:50 / 19.12.2024
Abxaziya parlamenti oldida otishma yuz berdi. Bir deputat halok bo‘ldi
11:20 / 22.11.2024