Fan-texnika | 20:53 / 13.09.2016
8151
2 daqiqa o‘qiladi

Peugeot kompaniyasi "Dakar" uchun yangi prototipni namoyish qildi

Peugeot kompaniyasi fransuz avto ishlab chiqaruvchisining zavod jamoasi poygachilari ralli-reydlarda, shu jumladan "Dakar"da ishtirok etadigan yangi prototipni namoyish qildi. Ushbu model 3008 DKR nomini oldi.

Prototip quvur ramasi atrofida qurilgan. Peugeot 3008 DKR'ning kuzov panellari karbondan yasalgan. Avtomobil ikkita amortizator bilan ta'minlangan. 

3008 DKR'ning umumiy uzunligi - 4312 millimetr, kengligi esa - 2200 millimetrga teng. Peugeot kompaniyasining avval foydalangan 2008 DKR prototipi yangisidan 28 millimetrga qisqaroq. Yangi prototipning g‘ildirak bazasi 3000 millimetrdan iborat. Avtomobilning yoqilg‘i baki 400 litrni sig‘dira oladi. 

Prototipning quvvati 340 ot kuchiga teng. Avtomobilning maksimal tezligi - soatiga 200 kilometr. 

Peugeot avtomobilni ishlab chiqarishda Red Bull, Sparco, Total va BF Goodrich kompaniyalari bilan hamkorlik qildi. 

Mazkur prototipni birinchi bo‘lib Karlos Saynts sinovdan o‘tkazadi. Ispaniyalik poygachi 3-7 oktabr kunlari Marokashda bo‘lib o‘tadigan ralli-reydda Peugeot 3008 DKR'da ishtirok etadi. Ushbu poygada Siril Depre ham qatnashib, u Peugeot 2008 DKR'ni boshqaradi.
 

Mavzuga oid