Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4G Beeline tarmog‘i 2016 yilning oxirigacha Toshkentni qamrab oladi
Beeline aloqa operatori 2016 yilning oxiriga qadar LTE texnologiyasi bazasida Toshkentni 4G tarmog‘i bilan ta'minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqida operatorning tijorat direktori Maksim Yefremov xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, Beeline kompaniyasi Toshkentni LTE tarmog‘i bilan qamrab olishni sezilarli darajada kengaytirdi. Yefremov yil oxiriga qadar poytaxt to‘liq LTE tamrog‘i bilan qamrab olinishini ma'lum qildi. 2017 yilda esa O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham mazkur texnologiya qo‘llanadi.
Beeline kompaniyasining LTE tarmog‘i LTE 850 (band 19 i band 5) chastotalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Beeline aloqa operatori yangi "4G oy 15000 Mb", "4G oy 30000 Mb" va "4G oy 60000 Mb" paketlarini taqdim etadi. Yangi paketlar abonentlarning internet trafiklariga ortib borayotgan talablarini qondirishga yo‘naltirilgan.
LTE texnologiyasi – uchinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishi. Bugungi kunda 4G 70 Mbit/s'gacha bo‘lgan maksimal tezlikda mobil xizmatlar tezligi bilan ta'minlaydi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025