Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islom diniga kirib, haj amalini ado qildi
Buyuk Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saymon Kolliz islom dinini qabul qilgan va haj amalini amalga oshirgan birinchi yuqori martabali britaniyalik diplomatga aylandi. Bu haqda Daily Mail gazetasi xabar tarqatgan.
Kollizning aytishicha, u 30 yil davomida musulmonlar orasida umrguzaronlik qilgach, islom dinini qabul qilish fikriga kelgan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Qirol Saud universiteti xodimi Foziya Albakr o‘zining tvitterdagi sahifasida britaniyalik elchining haj vaqtida suriyalik rafiqasi Xuda bilan tushgan suratini joylashtirdi.

"Britaniyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi islomni qabul qilganidan so‘ng birinchi marta haj amalini amalga oshirdi: Saymon Kolliz rafiqasi Xuda bilan Makkada", — deb izohlangan surat.
Ma'lum bo‘lishicha, britaniyalik diplomat bu tvitga minnatdorchilik bilan javob qaytargan.
Kollizning ta'kidlashicha, u "Xudaga uylanishdan avval" yangi e'tiqodni qabul qilgan, biroq bu haqida ayrim insonlargina xabardor bo‘lgan.

Kolliz 30 yildan beri Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi diplomatik missiyasi vakili sifatida ishlab kelmoqda. U avvallari Suriya, Iroq va Qatar kabi davlatlarda Britaniyaning elchisi bo‘lib ishlagan. BAA, Yaman va Tunisda esa yuqori diplomatik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi
15:39 / 07.05.2025
“Geosiyosiy muammolarni deb o‘zbek mevalarini istaganimizcha ololmayapmiz” – Hindiston elchisi qarorgohidan eksklyuziv suhbat
22:02 / 14.04.2025