Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "H" guruhi. "Yuventus" "Sevilya" bilan durang o‘ynadi, "Lion" esa ishonchli g‘alabaga erishdi
14 sentabr kuni "H" guruhi ishtirokchilari ham musobaqadagi ishtiroklarini o‘tkazishdi. "Yuventus" uyida "Sevilya"ni qabul qilgan bo‘lsa, "Lion" Xorvatiyaning "Dinamo" Zagreb" jamoasiga qarshi bahs yuritdi.
Turinda "Yuventus" Yevropa Ligasining amaldagi chempioni "Sevilya"ga qarshi to‘p surdi. Mazkur uchrashuvda tomonlar gol kiritishning uddasidan chiqa olishgani yo‘q. O‘yin 0:0 hisobida yakuniga yetdi.
Fransiyada esa "Lion" Zagrebning "Dinamo" klubiga qarshi bo‘lgan o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozonishning uddasidan chiqib, 1-turdan keyin guruhda peshqadam bo‘lib oldi.
"Yuventus" – "Sevilya" 0:0
"Yuventus" – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Evra (Aleks Sandro, 68), Bardzali, Asamoa (Pyanich, 68), Xedira, Lemina, Dani Alves, Dibala (Pyatsa, 86), Higuain.
"Sevilya" – Riko, Parexa, Eskudero, Merkado, Rami, Vitolo, Nzonzi, Sarabiya (Korrea, 64), Iborra, Vaskes, Kranevitter (Mariano, 78).
Ogohlantirishlar: Nzonzi (36), Iborra (40), Rami (45).
"Lion" – "Dinamo Zagreb" 3:0
Gollar: Tolisso 13, - 1:0. Ferri 49, - 2:0. Korne 57, - 3:0.
"Lion" – Antoni Lopesh, Nkulu, Yanga-Mbiva, Morel, Rafael, Tolisso (Gezzal, 78), Darder, Gonalon (Tuzar, 32), Ferri, Korne (Kalulu, 72), Rybus.
"Dinamo Zagreb" – Shemper, Benkovich, Shildenfeld, Pivarich, Stoyanovich, Chorich (Fiolich, 53), Jonas (Goyak, 85), Mashadu (Shitum, 68), Pavichich, Fernandes, Sudani.
Ogohlantirishlar: Jonas (4), Pivarich (26), Fernandes (41), Rafael (84).
Mavzuga oid
16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum
14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi
19:18 / 29.01.2025
«Siti» va «PSJ» pley-offsiz qolishi mumkin. YeChLning so‘nggi turidagi asosiy intrigalar
10:48 / 04.10.2024