Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada birinchi marta voyaga yetmagan bolaga nisbatan evtanaziya qo‘llandi
Belgiyalik shifokorlar voyaga yetmagan og‘ir ahvoldagi bolaga nisbatan evtanaziya qo‘llashdi. Bu haqida Reuters xabar berdi.
2014 yilda barcha yoshdagi bolalarga nisbatan evtanaziyani qo‘llashga izn beruvchi qonun qabul qilinganidan keyin bu muolaja ilk marta amalga oshirilishi.
Federal komissiya va evtanaziyani baholash qo‘mitasi raisi Vim Distelmansning ma'lum qilishicha, mazkur holat o‘tgan haftada qayd etilgan. U bolaning ahvoli og‘ir bo‘lganligini qo‘shimcha qildi, biroq uning kasalligi va yoshiga doir ma'lumot bermadi.
Belgiyada 2002 yildan evtanaziyaga ruxsat berilgan. Bugungi kunga qadar Belgiya barcha yoshdagi ahvoli og‘ir bolalarga nisbatan evtanaziya qo‘llash ruxsat etilgan dunyodagi yagona mamlakat bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
08:11 / 14.12.2024
Kanadada har yigirmanchi o‘limga evtanaziya sabab bo‘lmoqda
16:29 / 28.11.2024