Sport | 08:47 / 17.09.2016
6270
2 daqiqa o‘qiladi

WADA xakerlar tomonidan chop etilgan ma'lumotlarning uchinchi qismi haqiqiy ekanligini tasdiqladi

Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) Fancy Bears xakerlik guruhi tomonidan agentlikning ma'lumotlar bazasi ADAMS buzib kirilgandan keyin guruh tomonidan chop etilgan ma'lumotlarning uchinchi qismi haqiqiy ekanligin tasdiqladi. Bu haqda WADA rasmiy saytida ma'lum qilindi.  

Agentlikda ta'kidlanishicha, ayni vaqtda ma'lumotlar bazasini yaxshilash bo‘yicha kiberxavfsizlik sohasidagi va huquq-tartibot muassasalarining eng yaxshi mutaxassislarini jalb qilgan holda ish olib borilmoqda. Agentlikda yangi ma'lumotlar chop etilishi kutilmoqda.    

"Xakerlik guruhi o‘zining birinchi maqolalarida yana ko‘proq ma'lumotlar chop etish bilan tahdid qilgandi. Shuning uchun, afsuski, bu kutilmagan holat bo‘lmaydi va biz bunga tayyor turishimiz kerak. Barcha manfaatdor tomonlar WADA vakillari tomonidan xalqaro huquq-tartibot muassasalari hamda kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar bilan ADAMS tizimi himoyalangan bo‘lishini kafolatlash uchun maslahatlashuvlar olib borilayotganini bilishi kerak", deyildi WADA xabarida.

Shuningdek, sportchilarga davolash maqsadida taqiqlangan vositalarni qo‘llash uchun huquq beruvchi sharoitlar ham ma'lum bo‘ldi. Birinchi navbatda bunday ruxsatlarni sport federatsiyalari va aksildoping tashkilotlari bergan va bu davolashda qo‘llashning xalqaro standartlari shartlariga mos kelgandagina bu holatlar WADA tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Avvalroq xakerlik guruhi amerikalik yetakchi sportchilar WADA ruxsati bilan taqiqlangan moddalarni muntazam ravishda iste'mol qilganlari haqidagi hujjatlarni chop etgandi. WADAning mustaqil komissiyasi rahbari Richard Maklaren taqiqlangan moddalar saqlagan vositalar qo‘llanganini tan olgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid