Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 65 yoshdan kattalar soni rekord darajaga yetdi
Yaponiyada 65 yoshdan kattalar soni aholining 27 foizidan oshib ketdi. Bu Yaponiya tarixidagi mutlaq rekord natija bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yaponiya "Katta yettilik" davlatlaridan o‘zib ketdi, deyilmoqda Yaponiyada 19 sentabrda davlat bayrami sifatida nishonlanadigan Qariyalarni hurmatlash kuni munosabati bilan hukumat tomonidan tayyorlangan hisobotda.
Ayniqsa Yaponiyaning ayollar qismi tez qarimoqda: 65 yoshdan kattalar orasida ularga 30 foizdan ko‘proq ulush to‘g‘ri kelmoqda. Yaponiyada 80 yoshdan kattalar soni ham katta bo‘lib, aholining 8 foizini tashkil qilmoqda.
Yaponiyada 65 yoshdan kattalardan deyarli 22 foizi doimiy ishga ega. Bu ham G7 davlatlari orasida eng katta ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025