Fan-texnika | 18:14 / 19.09.2016
10679
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone 7 gidravlik press ostida sinab ko‘rildi

Blogerlar iPhone 7 ishtirokida ekstremal krash-test o‘tkazishdi. Apple korporatsiyasining yangi gadjyetini yo‘q qilish ko‘rsatilgan video YouTube'da tarqalgan. 

Smartfon gidravlik press ostiga qo‘yilib, sinab ko‘rildi. Ba'zi blogerlar hamkasblarining krash-testlaridan qoniqish hosil qilmay, iPhone 7 qurilmasini olovbardoshligini ham tekshirib ko‘rishdi. 

Izohlarga ko‘ra, aksariyat tomoshabinlar videoqatorlarni ijobiy qabul qilishgan. Ba'zilar esa Apple'ning yangi smartfonlarini yo‘q qilish kompaniyaning raqiblari tomonidan uyushtirilganligini ta'kidlashgan. "Bu krash-test Samsung tomonidan moliyalashtiriganligi aniq", - deb yozdi yuzerlardan biri. 

Mavzuga oid