Jahon | 17:08 / 19.09.2016
3909
3 daqiqa o‘qiladi

Merkel partiyasi Berlin federal yerligi saylovida yirik mag‘lubiyatga uchradi

Germaniya kansleri Angela Merkelning Nasroniy-demokratik Ittifoqi ikki hafta mobaynida ikkinchi marotaba mahalliy saylovlarda 1990 yillardan beri eng yomon natijasini ko‘rsatmoqda. Saylovchilar Merkelning muhojirlar uchun ochiq eshik siyosatini ma'qul ko‘rmagani, uning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi

"Germaniya uchun muqobil" (AfD) deb nomlangan muhojirlikka qarshi partiya saylovchilarning 12,9 foizini to‘plab, 16ta federal hududning 10tasida parlament tarkibiga kirgan. 

Parlament saylovlariga bir yil qolayotgan vaqtdagi bunday natijalar Merkelga nisbatan siyosiy bosimni va konservatorlar orasidagi ziddiyatni kuchaytiradi. Bu esa, kanslerning Bavariyadagi sotsial nasroniylar ittifoqidagi hamkorlarining tanqidiga sabab bo‘ladi. Bavariya moliya vaziri Markus Zeder ushbu mag‘lubiyatga baho berib, uni so‘nggi ikki haftadagi "ikkinchi jiddiy ogohlantirish" deb atadi. 

Ikki hafta muqaddam, Merkel partiyasi Germaniya sharqidagi Meklenburg-Old Pomeraniyadagi mahalliy saylovda ilk mag‘lubiyatga uchragani kanslerning muhojirlik siyosatini keskinlashtirishi zarurligini anglatadi. Xususan, partiya yiliga qabul qilinayotgan muhojirlar sonini 200.000 kishi sifatida chegaralashni xohlayotgan bo‘lsa-da, Merkel bunga qarshi chiqayapti. 

Kantslerning muhojirlik siyosatiga qarshi bunday norozilik, Merkel kelasi yilgi saylovda to‘rtinchi marta o‘z nomzodini ilgari surish masalasini so‘roq ostiga qo‘yadi. Biroq, uning partiyasida yetakchilikka munosib nomzodlar kamligi e'tiborga olinsa, Merkel baribir eng munosib nomzod bo‘lishi mumkinligi ayon. 

ZDF telekanaliga ko‘ra, Merkelning Nasroniy-demokratik ittifoqi 2011 yilgi Berlin saylovida qo‘lga kiritgan 23,3 foizlik natijani takrorlay olmagan, aksincha 18 foiz saylovchilarning ishonchiga sazovor bo‘lgan. 

Sotsial-demokratlar partiyasi ham o‘z o‘rinlarini boy bergan. Biroq, ular poytaxt parlamentida yetakchiligini saqlab qolgan. 

2013 yilda Umumiy Yevropa uyiga qarshi tashkil etilgan "Germaniya uchun muqobil" nomli partiya o‘z tarafdorlari sonini ko‘paytirib olgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid