Light | 10:39 / 20.09.2016
24113
6 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarning Teach Me’ni tanlayotganiga sababchi 10 omil

Abituriyentlar nima uchun Teach Me Abituriyentlar tayyorlov markazini tanlamoqda? Quyida bunga sababchi 10 omilni birma-bir sanab o‘tamiz.

1. Markaz direktori — Jumaboy Rahimov

Tarixshunos olim, tarix fanlari nomzodi, dotsent Jumaboy Rahimov bir qator oliy va o‘rta maxsus ta'lim hamda maktab darsliklari muallifidir. Davlat ta'lim standarti va tarix fanini o‘qitish, o‘rganish konsepsiyasi muallifi. Uning muallifligida tayyorlangan maktab darsliklari yetti tilda chop etilgan. Jumaboy Rahimov 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar, tarixiy-ilmiy publitsistik asarlar va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifidir.

2. Tajribali ustozlar jamoasi

Teach Me Abituriyentlar tayyorlov markazida faoliyat yuritayotgan 20 dan ortiq o‘qituvchilarning aksariyati fan nomzodlari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy xodimlari hamdir. Ko‘p yillik tajribaga ega bu mutaxassislar abituriyentlarning oliy ta'lim muassasalari talabalariga aylanishiga sababchi bo‘layotgan jonkuyar ustozlardir.

3. Maxsus o‘quv dasturlari

O‘quv mashg‘ulotlari markaz professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan maxsus o‘quv dasturlar asosida olib boriladi.

4. Abituriyent vaqtining to‘g‘ri taqsimoti

Abituriyentlarning darsga kechikmasdan kelishi majburiy qilib belgilangan. Darslar jadval asosida, haftasiga har bir fan bo‘yicha uchta mashg‘ulot ko‘zda tutilgan va uyga berilgan vazifalarning bajarilishi qat'iy nazorat qilinadi. Darslar tugagandan keyin o‘quv xonalarida abituriyentlarning dars qilishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

5. Avvalgi yilgi ko‘rsatkichlar

2016 yil davomida Teach Me da tahsil olgan abituriyentlarning ko‘pchiligi oliy ta'lim dargohlariga yuqori o‘rinlarda o‘qishga qabul qilindilar. Jumladan:

  • Sherzamin Shermatov — 221,4 ball bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga;
  • Umidjon Rahimov — 179,0 ball bilan Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetiga;
  • Madaminbek Abdullayev — 190,3 ball bilan O‘zbek davlat jahon tillari universitetiga;
  • Saidahmad Rahmatov — 178,1 ball bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga;
  • Umida Babasheva — 180,0 ball bilan O‘zbekiston milliy universitetiga;
  • G‘anisher Ismoilov — 208,8 ball bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga;
  • Ziyodulla Solijonov — Singapur menejmentni rivojlantirish institutiga;
  • Bagandik Yo‘ldoshev — Turin politexnika institutiga;
  • Oybek Ismatov — 186,0 ball bilan Toshkent tibbiyot-pediateriya institutiga;
  • Sanjar Xudayberdiyev — 180,0 ball bilan Toshkent farmatsevtika institutiga;
  • Diyor Xoliqov — 195,0 ball bilan Toshkent davlat yuridik universitetiga
  • va boshqalar.

6. Qulay joylashuv

Abituriyentlarning har qanday ob-havo sharoitida ham darslarga belgilangan vaqtda yetib kelishi uchun imkon bor va bu ularning qimmatli vaqtlarini yanada ko‘proq tejashga xizmat qiladi.

7. Yorug‘ va shinam dars xonalari

Darslarning sifatli olib borilishi, albatta, xonalarning shinamligi, ularning konditsioner, kompyuter, proyektor, audio va videoqurilmalar bilan jihozlanganligiga ham bog‘liq. Teach Me esa abituriyentlarga ta'lim olish uchun shunday ajoyib o‘quv xonalarini taqdim etadi.

8. Darslar monitoringi

Markazdagi barcha o‘quv xonalari kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni markaz rahbariyatining doimiy nazorati ostida bo‘ladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayoniga qay darajada qatnashayotganini bevosita kuzatish huquqiga ega. O‘qituvchilarning darslarni dasturlar va test tizimi asosida olib borishlari ta'minlanadi.

9. Ota-onalar tomonidan abituriyentning o‘zlashtirish darajasi o‘sishini kuzatib borish imkoniyati

Markazda har oy o‘tilgan mavzular yuzasidan abituriyent bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test imtihonlari tashkil etiladi. Ota-onalar maxsus testlar to‘plami yordamida farzandlarining bilim darajasi qay darajada va u qanchalik o‘sib borayotganini uydan turib-da aniqlashlari mumkin.

10. Bepul o‘qish imkoniyatlari

Har chorakda abituriyentlar orasida bilimlar bellashuvi tashkil qilinadi. Bunda ularning oylik testlarda erishgan natijalari, tartib-intizomga qanchalik rioya etayotganliklari, faolligi inobatga olinadi. G‘olib abituriyentlar markazda bepul o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, o‘z guruhida yaxshi o‘qigan abituriyentlar o‘qituvchilar tomonidan muntazam rag‘batlantirib boriladi.

Hurmatli abituriyent! Siz talabalik baxtiga erishib, orzularingiz ushalishini, kelajakda o‘zingiz sevgan kasb egasi bo‘lishni xohlaysizmi?

Teach Me abituriyentlar tayyorlov markazi jamoasi sizga astoydil yordam berishni o‘zining bosh maqsadi qilib belgilagan!

Teach Me abituriyentlar tayyorlov markazida qabul 2016 yilning 1 oktabriga qadar davom etadi.

Teach Me nodavlat ta'lim markazi

  • Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60A-uy

  • Mo‘ljal: Toshkent moliya instituti, «Minor» metro bekati
  • Telefon: (+998-95) 143-24-06, (+998-95) 144-24-06

Xorazm viloyati filiali:

  • Manzil: Urganch shahri, Al-Xorazmiy ko‘chasi, 69-uy

  • Mo‘ljal: Gastronom
  • Telefon: (+998-95) 620-80-12, (+998-95) 620-80-13

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Teach Me nodavlat ta'lim muassasasi xizmat ko‘rsatadi

Mavzuga oid