O‘zbekiston | 15:07 / 03.11.2023
19299
1 daqiqa o‘qiladi

Umumta’lim fanlaridan o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi  

2024/2025 o‘quv yili bakalavriat kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun darsliklar ro‘yxati ma’lum qilindi. Ro‘yxat Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar 2023/2024 o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

To‘liq ro‘yxat bilan bu yerda tanishish mumkin.

Mavzuga oid