GoPro suv o‘tkazmaydigan Hero 5 kameralari hamda ilk dronini taqdim qildi
Ekshn-kameralar ishlab chiqaruvchisi GoPro 19 sentabr kuni suv o‘tkazmaydigan Hero 5 Black hamda Hero 5 Session kameralari, shu bilan birga o‘zining ilk Karma dronini taqdim qildi. Bu haqida The Verge xabar berdi.
Yangi kameralar korpusi namlikka chidamli qilib ishlangan va shu bois ular suyuqlik o‘tkazmaydigan qo‘shimcha himoyaga muhtoj emas. Qurilma bilan suv ostiga 10 metr chuqurlikkacha tushsa bo‘ladi. 4K kameralar soniyasiga 30 kadr tezligiga ega. Hero 5 Black'da 12 megapikselli suratlarni muhrlash mumkin, Hero 5 Session'da esa - 10 megapikselli.
Kameralar ovozli boshqaruv funksiyasi hamda 7 xil tilni qo‘llab-quvvatlaydi. Hero 5 Black kamerasi 2 dyuymli sensor ekran bilan ta'minlangan, shuningdek RAW formatdagi tasvirlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, kamerada GPS moduli mavjud.
Qurilma 2 oktabrdan sotuvga qo‘yiladi. Hero 5 Black'ning bahosi - 399 dollar, Hero 5 Session esa - 299 dollar.
Karma yig‘ma droni 1 kilogramm vaznga ega bo‘lib, u Hero 5 Black, Hero 5 Session va Hero 4 kameralari bilan uyg‘unlasha oladi. Kvadrokopter kamerani mustahkamlash uchun uch o‘qli stabilizator bilan ta'minlangan, uning o‘zini olib, alohida ishlatish ham mumkin.
Kvadrokopterning tezligi - soatiga 56 kilometr, u foydalanuvchidan 1 kilometrgacha uzoqlashib, 4,5 kilometrli balandlikka ko‘tarilishga qodir.
Karma 2016 yilning 23 oktabridan sotuvga qo‘yiladi, uning narxi 799 dollarni tashkil qiladi. Dron Hero 5 Black kamerasi bilan birga sotilganda 1 099 dollarga tushadi, Hero 5 Session bilan esa - 999 dollar.
Mavzuga oid
19:58 / 30.01.2023
Namangan ko‘chalarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan nazorat kameralari o‘rnatildi
18:23 / 15.09.2021
Radar va kameralar o‘rnatish joylarini auksionda sotishdan budjetga 86,7 million dollar mablag‘ tushdi – Moliya vazirligi
14:58 / 01.09.2021
Dronda ovqat tashish va boshqalar: Yevropaning 2021 yilgi asosiy startaplari
19:51 / 27.06.2020