Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radar va kameralar o‘rnatish joylarini auksionda sotishdan budjetga 86,7 million dollar mablag‘ tushdi – Moliya vazirligi
Radar va kameralar o‘rnatish joylarini auksion asosida sotish amaliyotidan tushgan mablag‘lar to‘liq respublika budjetiga yo‘naltirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayevning so‘roviga javoban Moliya vazirligi ma'lumot bergan.
Ma'lum qilinishicha, radar va kameralar o‘rnatish joylarini auksionda 11 ta tadbirkorlik sub'yektiga sotishdan jami 86,7 million dollari miqdoridagi mablag‘lar davlat budjeti daromadlariga kelib tushgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 avgust kuni bo‘lib o‘tgan onlayn savdolarda Toshkent shahrining Hamid Olimjon va Abdulla Qodiriy chorrahasida joylashgan radar va kameralar o‘rnatish joyi auksion orqali 3,5 milliard so‘mga sotilgan edi.
Ma'lumot uchun, «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qaroriga muvofiq, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilishini tashkil etish huquqi berilgan.
Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik sub'yektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub'yektlariga avtomobil yo‘llarida avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishini tashkil etish huquqi ham taqdim etilgan.
Qaror bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq, 2021-2022 yillarda tadbirkorlar tomonidan 3 356 ta intellektual videokameralar, 763 ta statsionar radarlar va 14 ta og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, ochiqlik haqidagi prezident farmoni ijrosi doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi yo‘llarda ishlayotgan fotoradar va kameralar ro‘yxati e'lon qilingandi. Shuningdek, YHXBB tomonidan iyul va avgust oylarida ishga tushirilgan statsionar fotoradar va kameralar to‘g‘risida ham ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi
19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi
16:29 / 04.02.2025