Jahon | 14:13 / 20.09.2016
5913
2 daqiqa o‘qiladi

Kongodagi namoyishlar chog‘ida 50dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Kongo demokratik respublikasi poytaxti Kinshasa shahrida muxolifat tarafdorlari uyushtirgan namoyish vaqtida politsiyachilar bilan to‘qnashuv yuzaga keldi va kamida 50 kishi halok bo‘ldi.

Namoyishlar 19 sentabr kuni mamlakatning amaldagi prezidenti Jozef Kabila siyosatiga qarshi o‘tkazila boshlandi. U noyabr oyida o‘tkazilishi belgilangan prezidentlik saylovlarini texnik sabablar bilan bekor qilishi haqida ma'lum qilingandi.

Politsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llagan, bu chora orqali namoyishchilar tarqalmagach, ularga qarata o‘t ochilgandi.

Qurbonlar o‘rtasida 3 nafar politsiya zobiti bor, ulardan birini namoyishchilar tiriklay yoqib yuborishgan.

Jozef Kabila Kongoni 2011 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U boshqaruvni marhum otasi Loran-Dezire Kabiladan qabul qilib olgandi.

Human Rights Watch tashkiloti saylovlar arafasida muxolifat vakillari bosim ostida qolgani haqida ma'lum qilgandi. Sentyabr oyi boshida Kinshasada muxolifat yetakchilarini hibsga olish ishlari sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid