Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obamani ranjitgan Filippin prezidenti YeIga undan kam bo‘lmagan haqorat yo‘lladi
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat hududidagi "narkotiklar bilan urush"ni to‘xtatish bo‘yicha talabga javoban Yevropa Ittifoqiga qat'iy rad javobini berdi va buni u o‘rta barmog‘ini ko‘rsatish bilan ifodaladi.
"Men Yevropa Ittifoqi mening harakatlarimni qoralayotganini ko‘rib turibman. Men ularga "toshingni ter" deyman. Ular gunohlari afvini pulga sotib oladiganlar. Shu holida meni muhokama qiladimi? Jahannamga keting", degan Duterte va o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgan.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, YeI mamlakatlari "o‘tmishdagi mudhish, noinsoniy jinoyatlari" tufayli aybdorlik tuyg‘ularini his qilmoqda va bugun o‘zlarini inson huquqlari kurashchisi sifatida ko‘rsatmoqda".
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, Duterte joriy qilgan reydlar davomida Filippinda 3 mingga yaqin giyohvandlar va giyohvandfurushlar o‘ldirilgan. Mamlakatda politsiyachilar narkodilerlar bilan aloqadorligi gumon qilingan kishilarni yo‘llarda sudsiz, so‘roqsiz otib o‘ldirmoqda.
Bundan oldinroq, Duterte xuddi shu masalaga e'tiborini qaratgani uchun AQSh prezidenti Barak Obamani "fohishaning o‘g‘li" deb haqorat qilgandi. Duterte amerikalik hamkasbi Barak Obamaga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergandi.
Keyinroq, u bu so‘zlari uchun uzr so‘radi.
Ko‘p o‘tmasdan, u BMT Bosh kotibi Pan Gi Munni uning inson huquqlari sohasidagi siyosati haqida fikr bildira turib, "tentak" deya atadi.
Mavzuga oid
10:38 / 21.05.2025
Kiyev YeIni AQSh senatorlarining sanksiyalar bo‘yicha g‘oyalarini qabul qilishga chaqirdi
10:00 / 21.05.2025
YeI Rossiyaga qarshi to‘rtta rejim doirasida sanksiyalar kiritdi
08:27 / 21.05.2025
YeI Putinga qattiqroq va tezroq bosim o‘tkazishga qaror qildi
23:00 / 20.05.2025