Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GoPro'dan taxlanuvchi Karma kvadrokopteri
2015 yilning dekabrida GoPro o‘zining Karma dronini namoyish etdi, biroq apparat haqida hech qanday ma'lumotlar bermadi. Barcha bu ixtiro haqida CES 2016 ko‘rgazmasida e'lon qilinishini kutgan edi, biroq bu ro‘y bermadi. Kompaniya moliyaviy qiyinchilik tufayli uchuvchisiz dron ishlab chiqarishni ortga surdi.
GoPro Karma keng omma e'tiboriga endigina taqdim etishdi, uning ilk namoyishi yangi Hero5 ekshn-kamerasining taqdimotiga to‘g‘ri keldi.
Karma'ning bir necha xususiyatlari bor. Birinchidan, u sumkaga taxlangan holda oson sig‘adi. Ikkinchidan, uning 3 o‘qli stabilizatorini uzish va qo‘lda (to‘plamda maxsus ruchka mavjud) ishlatish mumkin. Dronning o‘z kamerasi yo‘q — tirgakida GoPro ekshn-kamerasi biriktirib qo‘yiladi. Kompaniyadagilarning qayd etishicha, Hero4 ikki versiyasi bilan, shuningdek, yangi Hero5 Black va Hero5 Session bilan mos keladi.

DU pultida o‘z ekrani bor bo‘lib, mobil dastur esa ikkinchi kishiga agar zarur bo‘lsa kamerani boshqarish imkonini beradi. Dron 56 km/soat tezlikda harakatlanadi, akkumulyator 20 daqiqa parvozga yetadi, maksimal balandlik 4500 metrni tashkil qiladi. Pult uchun masofa 1 km bilan chegaralangan. GoPro Karma hozircha o‘z egasini kuzata olmaydi. Ishlab chiqaruvchilar hozirda oddiy boshqaruvga e'tibor qaratishmoqda.
Dron narxi 800 dollardan boshlanadi, Hero5 Black yoki Hero5 Session kameraliGoPro Karma to‘plamini esa 1100 yoki 1000 dollarga sotib olish mumkin. Tabiiyki, barchasi birgalikda — alohida sotib olganga nisbatan 100 dollar arzonroq bo‘ladi.
Bunday dronlar sotuvga bir oydan so‘ng chiqadi.








Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
11:57 / 08.05.2025
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
14:51 / 07.05.2025