Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vashingtonda ommaviy qotillikni sodir etishda gumonlanayotgan shaxs Turkiyadan kelgan muhojir ekani aniqlandi
Vashington shtati, Berlington shahridagi savdo markazida o‘t ochib, 5 kishining o‘limiga sabab bo‘lishda gumon qilinayotgan shaxs Turkiyadan kelgan muhojir Arkan Chetin ekani aytilmoqda. Bu haqda KIRO 7 telekanali xabarida aytilgan.
Ouk-Xarbor shaharchasida istiqomat qilib kelgan 20 yoshli bu yigitni jinoyata undagan sabablar hozircha aniqlanmadi. U dushanba kuni Skadjit okrugida sud qilinishi kutilmoqda.

U 18 yoshida ko‘chadagi janjal uchun sudlangani, lekin jazolanmagani ma'lum. U ruhiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
24 sentabr oqshomida Siyetl shahridan 105 km shimoldagi Berlington shahrida, Cascade Mall shahrida otishma oqibatida 4 ayol va bir erkak halok bo‘ldi.
Avvalgi xabarlarda jinoyatchi taxminan Lotin Amerikasi vakili ekani va ov miltig‘i bilan qurollangani aytilgandi.
U 24 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:00da qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi
15:56 / 15.04.2025