Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geologiya va geofizika instituti Geologiya davlat qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 13 sentabrda imzolagan qaroriga muvofiq, Habib Abdullayev nomidagi geologiya va geofizika instituti O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidan chiqarilib, Davlat geologiya va mineral zaxiralar qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazilgan.
Lex.uz saytida e'lon qilingan hujjat matniga ko‘ra, yerosti boyliklarini geologik o‘rganish sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning ilmiy darajasi va samaradorligini sezilarli oshirish hamda ularning mamlakat mineral-xom-ashyo bazasini yaxshilash uchun amaliy ishlab chiqarish va geologiya-razvedka ishlari bilan o‘zaro aloqasini ta'minlash maqsadida shunday qaror qabul qilingan.
Qarorga muvofiq, Davlat geologiya qo‘mitasi ikki oy muddatda Geologiya va geofizika institutining 2017/19 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli tadqiqotlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025