Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada mushuk va itlarning hayot davomiyligi rekord natijani qayd etdi
Yaponiya nafaqat odamlar orasida, balki jonivorlar orasida ham eng ko‘p umr ko‘ruvchi davlat sifatida e'tirof etildi - bu yerda mushuklar va itlarning o‘rtacha yoshi rekord natijani qayd etdi: itlar - 13,2, mushuklar - 11,9 yosh. Bu haqida Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalari universiteti hamda Yaponiya jonivorlar uyushmasi ekspertlariga tayanib Bloomberg nashri ma'lum qildi.
Uy hayvonlarining o‘rtacha hayot davomiyligi o‘sishiga ularni emlash, eng yaxshi vetyordam ko‘rsatish, shuningdek avvalgidan-da sifatli yeguliklar bilan boqish va mamlakatda daydi jonivorlarning kamayishi sabab bo‘lgan.
Shunisi qiziqki, Yaponiyada uy hayvonlarining soni bolalar sonidan yuqorilab ketgan: mamlakatda 19,8 million it va mushuk boqiladi. 2015 yilga kelib, mamlakatda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar soni esa 15,9 millionni tashkil qilgan.
2010 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jami 34 foiz yapon xonadonida uy hayvonlari bo‘lgan.
Ekspertlar Yaponiyada tug‘ilish darajasining pasayishi, hayot davomiyligining oshishi va yolg‘iz insonlarning ko‘payishi hisobiga, jonivorlar bolalarning o‘rnini egallayotganini ta'kidlashmoqda. Shu bois jonivorlar egalari ular uchun katta miqdordagi pullarni sarflashadi.
Mavzuga oid
23:34 / 26.05.2025
Germaniyalik er-xotin yo‘qolgan mushugini qidirishga 22 ming dollar sarfladi
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025