Fan-texnika | 13:45 / 27.09.2016
6098
2 daqiqa o‘qiladi

Apple qurilmalari salomatligingizni nazorat ostiga oladi

Amerikaning 5 mingdan ortiq shifoxona, labaratoriya va dorixonalari bilan aloqa o‘rnatib, mijozlar haqidagi ma'lumotlarni to‘plovchi hamda ularni birlashtiruvchi Gliimpse tibbiyot servisining xarid qilinishi Apple'ning sog‘liqni saqlash sohasiga jiddiy e'tibor qaratayotganidan dalolat beradi. 

Kompaniya ishga qabul qilgan sog‘liqni saqlash sohasidagi ko‘plab ekspertlar "olma" qurilmalari egalarining sog‘lig‘iga doir ma'lumotlarni tahlil hamda talqin qilishga yordam berishlari kerak bo‘ladi. Bu haqida Bloomberg xabar berdi. 

Hozirida kompaniya Apple Watch uchun yangi ilovalar ustida ishlamoqda: ular uyqu sifatini kuzatish, yurak urish chastotasini talqin qilish va shu kabi boshqa vazifalarni bajarishi mumkin bo‘ladi.

Apple'ning HealthKit platformasi mavjud bo‘lib, u olingan ma'lumotlarni talqin qilish imkonini beradi. Kompaniya "tibbiy" jamoasining maqsadi - HealthKit'ni tashxis qo‘yish vositasiga aylantirishdan iborat. Bugungi kunda tibbiyot sohasi ikki muammoga duch kelmoqda: bir tomondan - bemorning sog‘lig‘iga doir ma'lumotlarni bir shifoxonadan boshqasiga o‘tkazish, boshqa tomondan - to‘g‘ri tashxis qo‘yish va davolash muolajalarini belgilash uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning orasidan eng keraklisini aniqlash. HealthKit bu masalalarni hal qilishda yordam berishi ko‘zlangan. 
 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid