Hillari Klinton va Donald Trampning ilk teledebatlari natijasi ma'lum bo‘ldi

Nyu-York yaqinida joylashgan Xofstr universitetida AQSh prezidentligiga nomzodlar - Donald Tramp va Hillari Klinton ishtirokidagi ilk teledebatlar bo‘lib o‘tdi. Tadbir 90 daqiqa davom etdi, bu vaqt ichida nomzodlar mamlakatga farovon hayotni qanday qilib qaytarish, bundan buyon qaysi yo‘nalishda rivojlanishi kerakligi va xavfsizlik bilan ta'minlashga doir qarashlari bilan o‘rtoqlashishdi.
CNN telekanalining so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 62 foizi Klintonni, 27 foizi esa Trampni debatlar g‘olibi, deb hisoblashi ma'lum bo‘ldi. Nomzodlarning keyingi debatlari 9 va 29 oktabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. AQSh prezidenti saylovlari joriy yilning 8 noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton turmush o‘rtog‘i, AQShning 42-prezidenti Bill Klinton bilan
AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp turmush o‘rtog‘i Melaniya Tramp bilan
Melaniya Tramp va Bill Klinton - AQSh prezidentligiga nomzodlarning turmush o‘rtoqlari.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmaydi» deb va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask nega siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025