Kiyev yettinchi safarbarlikni e'lon qilmoqchi
Ukraina mudofaa vazirligi matbuot kotibi Vilen Podgorniyning bayonot berishicha, harbiy ma'muriyat mamlakatda yettinchi safarbarlikni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda TSN telekanali.
Podgorniyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning Donbassdagi qurolli kuchlariga ayni vaqtda 14 ming nafar harbiy xizmatchi yetishmayapti. Shu bois, armiyani navbatdagi safarbarlik e'lon qilish hisobiga to‘ldirish mumkin.
«Mening bilishimcha, qaror qabul qilingan. Ukraina armiyasiga qo‘shimcha askarlar kerak. Gap 14 ming askar haqida borayapti. Navbatdagi safarbarlik ehtimoli juda katta», — deb ta'kidlagan ma'muriyat vakili.
26 sentabr kuni Ukraina prezidenti Petr Poroshenko oltinchi safarbarlikka chaqirilgan harbiy xizmatchilarga javob beruvchi farmonga imzo chekkan edi.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024