Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV «Match TV» efirida aytilishi taqiqlanadigan jumlalar haqida xabardor bo‘ldi
Yaqin kunlarda «Match TV» telekanali efirda ishlatish mumkin bo‘lmagan so‘zlar ifodasini taqdim etadi. Bu haqda 26 sentabr kuni «Biznes Onlayn» xabar bergan.
«Efirda ishlatiladigan rus tili zamonaviy, xatosiz va g‘aliz jumlalardan xoli bo‘lishi lozim. Iltimos, nutq vaqtida gap tuzilishiga katta ahamiyat qarating. Agar nimadadir ikkilansangiz, gramota.ru saytiga murojaat qiling. Agar saytda ishlash yoqmasa, unda kitob o‘qing», — dedi kanal rahbariyati xodimlarga.
Telekanal boshlovchilar, muxbirlar va sharhlovchilarga “qizaloq”, “qizchalar” va “qizlar” jumlasini qo‘llash taqiqlagan. Efir vaqtida faqatgina “siz” jumlasini qo‘llash mumkin.
Shuningdek, sharhlovchilar futbol o‘yini vaqtida jamoalar laqablaridan foydalanmaslikka chaqirildi.
“Saxiy jamoa”, “sizning kamtar xizmatkoringiz”, “suvdagi g‘oz”, “kunning yaxshi vaqti”, “chempionat gulchambari”, “jasurlik zeniti”, “arslon ulushi”, “ommaviy hujum” va shunga o‘xshash jumlalarni ishlatmaslik tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
09:25 / 19.08.2017
Life telekanali efirga chiqishni to‘xtatdi
13:01 / 31.07.2017
Parlament muhokamalari birinchi marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi
16:42 / 14.06.2017
“O’zbekiston 24” teleradiokanali 27 iyun kuni efirga chiqmaydi
14:36 / 09.04.2017