Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxmat bo‘yicha “Toshkent kuzi – 2016” turniri yakunlandi
O‘zbekiston poytaxtida shaxmat bo‘yicha “Toshkent kuzi – 2016” turniri yakunlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“A” guruhida o‘tkazilgan o‘yinlarda poytaxtlik Georgiy Shvanov g‘alaba qozondi. U to‘qqiz partiya davomida biron marta mag‘lubiyatga uchramadi va 8,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi. Toshkentlik yana bir shaxmatchi Nuriddin Xudoyqulov 7 ochko bilan kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, navoiylik Mehriddin Yo‘ldoshev 6,5 ochko bilan uchinchi bo‘ldi.
O‘n to‘rt yoshgacha shaxmatchilardan iborat “V” guruhida uch shaxmatchi to‘qqiz imkoniyatdan yettitasida g‘alaba va bittasida durang natija qayd etib, 7,5 ochkodan to‘pladi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha farg‘onalik Robiyaxon Sardorova birinchi, navoiylik Umidjon Husanov ikkinchi, Toshkent viloyatidan Shoxruh Hamidullayev uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025