Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada termasi Jahon kubogi finalining ilk o‘yinida g‘alaba qozondi
Xokkey bo‘yicha Kanada terma jamoasi Jahon kubogi-2016 finalining birinchi o‘yinda Yevropa terma jamoasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Bahsda hisobni o‘yinning uchinchi daqiqasida kanadaliklar hujumchisi Bred Marshan ochishga muvaffaq bo‘ldi. Keyinchalik, uning jamoadoshi Stiven Stemkos 14-daqiqada raqib darvozasiga ikkinchi shaybani joyladi.
Yevropaliklar o‘yinning ikkinchi davrasi 27-daqiqasida Tomash Tatarning sa'y harakatlari bilan oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, Kanada termasining yana bir hujumchisi Patris Berjyeron uchinchi davraning o‘rtalarida uchinchi shaybani yevropaliklar darvozasiga kiritdi.
Navbatdagi o‘yin 30 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025