Jamiyat | 17:04 / 28.09.2016
6335
2 daqiqa o‘qiladi

Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi "To‘fonga qadar" hujjatli film treyleri namoyish qilindi

National Geographic kanali sayyoramizdagi ekologik muammolar haqidagi "To‘fonga qadar" deb nomlangan hujjatli film treylerini taqdim qildi. Filmda mashhur aktyor, "Oskar" mukofoti sovrindori Leonardo Di Kaprio suratga tushgan. 

Mazkur hujjatli film iqlimning o‘zgarishi va atrof-muhitning ifloslanishi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan global falokat to‘g‘risida so‘zlaydi. 

"Men shunchaki qanchalik chuqurlashganimizni va buni to‘xtatishning biror bir iloji bor yoki yo‘qligini bilmoqchiman", - deydi Di Kaprio. 

Kartinaga Fisher Stivens rejissyorlik qilgan. Film s'yomkalarida Rim Papasi Frantsisk, AQSh prezidenti Barak Obama, BMT bosh kotibi Pan Gi Mun, shuningdek SpaceX hamda Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask ishtirok etgan. "To‘fonga qadar" hujjatli filmining jahon premerasi 30 oktabrda bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid